Do'kon va restoran uchun zamonaviy boshqaruv tizimi

Bitta tizim — do'koningiz va restoraningiz nazoratda

Bulutli sinxronizatsiya va 24/7 nazorat. Kassa, ombor, online buyurtma va hisobotlar — internet bo'lmasa ham ishlaydi. Tizimni o'rnating va biznesingizni xohlagan joydan boshqaring.

Internetsiz ishlaydiWindows · Android · Planshet3 tilda va tungi rejimTelegram orqali nazorat
Biznes Egalari & Rahbarlar Uchun

To'liq moliyaviy nazorat va yo'qotishlarsiz ombor

XBY platformasi biznesingizda inson omili xatolarini, o'g'riliklar va kamomadni yo'q qilish uchun yaratilgan.

🛡️

O'g'rilik va suiiste'moldan himoya

Kassirning har bir harakati — chekni bekor qilish, narxni qo'lda o'zgartirish yoki chegirma berish — tizim jurnalida qayd etiladi.

📒

Mijozlar qarz nazorati

Kim, qancha qarzdor — qarz va to'lovlar tarixi aniq yuritiladi, birorta qarz unutilmaydi.

📉

Real sof foyda

Sotuv emas — ish haqi, ijara, kommunal va barcha xarajatlardan keyingi aniq sof foyda.

🌍

Istalgan joydan to'liq nazorat

Barcha filiallar savdosini noutbuk yoki Telegram bot orqali istalgan joydan real vaqtda kuzatib boring.

Hammasi bitta joyda

1

Internetsiz ishlaydigan kassa

Internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi — ulanganda avtomatik sinxron.

2

Ombor va qoldiqlar

Kirim, sotuv, tuzatish va filiallararo transfer — real vaqtda qoldiq.

3

Restoran rejimi

Zal, stol, oshxona ekrani (KDS), ofitsiant va retseptlar.

4

Online buyurtma

O'z saytingiz (restoran.xby.app) orqali mijozlar buyurtma beradi.

5

Mijozlar va qarzlar

Mijoz balansi, chegirma va qarz tarixi — har doim aniq.

6

Hisobot va statistika

Sotuv, top tovarlar, kassirlar reytingi va kunlik grafiklar.

7

Xodimlar va maosh

Ishchilar, davomat, KPI va sotuvdan bonusli maosh hisobi.

8

Cashback va sodiqlik

Mijozlarga cashback, darajalar (silver–VIP) va bonus balansi.

9

Telegram va ko'p filial

Barcha do'kon va restoranlar bitta ekranda, Telegram orqali nazorat.

Sizga mos tarif

Promokod bilan bepul sinab ko'ring

Oylik to'lovYillik to'lov -2 oy bepul

Go

Bepul
  • 1 biznes
  • 1 qurilma / filial
  • 1000 mahsulot
  • 50 mijoz
  • 1 xodim
  • 1500 chek / oy
  • 30 kunlik sotuv tarixi
Tanlash
Ommabop

Standart

99 000 so'm/oy
  • 1 do'kon + 1 restoran
  • 3 qurilma / filial
  • Cheksiz mahsulot
  • Cheksiz mijoz
  • 10 xodim
  • Cheksiz chek / oy
  • To'liq sotuv tarixi
  • 1 shaxsiy sayt
  • Online buyurtma
  • Kengaytirilgan hisobotlar
  • Telegram bot
  • Excel eksport
  • priority Qo'llab-quvvatlash
Tanlash

Pro

299 000 so'm/oy
  • 5 do'kon + 5 restoran
  • Cheksiz qurilma / filial
  • Cheksiz mahsulot
  • Cheksiz mijoz
  • Cheksiz xodim
  • Cheksiz chek / oy
  • To'liq sotuv tarixi
  • 2 shaxsiy sayt
  • Online buyurtma
  • To'lov tizimlari (Click, Payme, Uzum...)
  • Muddatli to'lov (Uzum Nasiya, AVO, Alif...)
  • Kengaytirilgan hisobotlar
  • Telegram bot
  • Excel eksport
  • API ga ulanish
  • priority Qo'llab-quvvatlash
Tanlash

Ko'p Beriladigan Savollar

Platforma bo'yicha savollaringizga tezkor javoblar

Internet yoki svet o'chganda kassa ishlaydimi?+

Ha! XBY internetsiz ham to'liq ishlashga mo'ljallangan. Internet o'chganida ham kassa mahsulot skanerlaydi, chek chiqaradi va savdoni to'xtatmaydi. Aloqa tiklanganda barcha operatsiyalar fonda serverga avtomatik sinxron bo'ladi.

Do'konni ochish uchun mahsulotlarni bittalab kiritishim kerakmi?+

Yo'q! 22 ta soha uchun tayyor shablonlar bor — dorixona, oziq-ovqat, kiyim, elektronika, restoran, kafe va boshqalar. Ro'yxatdan o'tishda sohangizni tanlaysiz va minglab tayyor kategoriya-mahsulotlardan keraklilarini bir bosishda olasiz. Excel orqali o'z ro'yxatingizni ham import qilish mumkin.

Qanday uskunalar (kompyuter, planshet, printer) kerak?+

XBY Windows kompyuter, noutbuk, Android planshet yoki telefonda ishlaydi. Odatiy ESC/POS chek printerlari (58/80mm), Bluetooth printerlar va shtrix-kod skanerlari bilan 100% mos. Telefon kamerasi ham skaner sifatida ishlaydi.

Restoran uchun qanday imkoniyatlar bor?+

Zal va stollar, ofitsiant buyurtmalari, oshxona ekrani (KDS) bir necha stansiya bilan, retseptura (texnologik karta) orqali masalliqlarni avtomatik hisobdan chiqarish, hisobni bo'lish/birlashtirish, navbat raqami va stoldagi QR orqali mijozning o'zi buyurtma berishi — hammasi bor.

O'z saytimni ocha olamanmi?+

Ha! Har bir biznesga shaxsiy sayt (sizningnom.xby.uz) berish mumkin — mahsulotlaringiz, kontakt, ish vaqti va ijtimoiy tarmoqlaringiz bilan. Mijozlar saytdan online buyurtma beradi, buyurtma to'g'ridan-to'g'ri kassangizga tushadi. Chop etish uchun chiroyli QR-kod ham tayyorlab beramiz.

Bir nechta filial yoki qurilmani ulasam bo'ladimi?+

Ha, bitta hisobda bir nechta do'kon va restoran ochish mumkin — hammasi bitta ekranda boshqariladi. Har filialga tarifga qarab bir nechta kassa qurilmasi ulanadi (Kassa 1, Kassa 2...), ular avtomatik sinxron bo'ladi. Qurilma 6 xonali kod bilan 1 daqiqada ulanadi.

Telegram bot orqali nimalarni nazorat qila olaman?+

Biznes egasi sifatida siz har kuni kechqurun avtomatik kunlik/haftalik/oylik tushum hisobotlarini olasiz. Shuningdek, onlayn saytdan kelgan buyurtmalarni qabul qilishingiz va omborda kam qolgan tovarlarni kuzatishingiz mumkin.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?+

Kassadagi lokal baza shifrlangan, bulutga esa faqat sizning hisobingiz kira oladi. Kassirlar uchun alohida PIN va huquqlar (chegirma limiti, narx o'zgartirish taqiqi) belgilanadi, har bir amal audit jurnalida qoladi. Avtomatik zaxira nusxa (backup) ham mavjud.

Narxi qancha? Sinab ko'rsam bo'ladimi?+

Go tarifi bepul — kichik do'kon uchun yetarli. Kattaroq imkoniyatlar (ko'proq filial, qurilma, sayt) uchun Standart va Pro tariflari bor. Promokod bilan pullik tariflarni ham bepul sinab ko'rishingiz mumkin — tariflar bo'limiga qarang.

Ilovani yuklab oling

Windows kompyuter yoki telefon uchun